• Просмотров: 1423
  • Комментариев: 0
  • Оценить фильм:
  • Дата: 04.04.2016, 23:22
  • Категория: Севги хакида шер | Стихи про любовь

Описание фильма:
Смотреть и прочитать НАЖМИТЕ

Go'zal edi qiz ajib nafis ko'ylakda. 
Yigit kelishgan edi tim qora kastumda. 
Kimdur qayerdadur ular uchrashishini xoxlaganda. 
Ular misli ertakdagi shaxzoda va malika. 
Ular uchrashgandi ular ilk bor tantanali bazmda... 

Nigoxlar to'qnashdiyu qalbda sevgi uyg'ondi. 
Bir ko'rishdi qalblar asta sekin so'zlashdi. 
Qiz shivirlardi xa bu o'sha men kutgan Shaxzodam. 
Yigit esa shivirlardi topdim seni malikam... 
Yigit qizni raqsga taklif etdi. 
Qiz xam birga raqs tusha ketdi. 
Bir biriga qanchalar yarashibdi xammani xavasi keldi. 
Eng go'zal musiqaga raqslar ulanib ketdi... 

Qanday mayin sokin tun. 
Osmon xam o'zgacha bugun. 
Atrof go'zal, xamma narsa baxt tilar ular uchun. 
Agar bo'lsa bu tushim, 
Otmasin tong, yorishmasin kun... 

Tushmas bu bir muxabbat tarixi. 
Afsoniy sevgining betakror boshlanishi 
O'rtalarida to'siq yo'q ota onalar xam rozi. 
Vafo, bardosh, g'urur bilan ushaldi ular orzusi. 
Ollox roziligi, payg'ambar sunnati bilan o'tdi ular baxt to'yi... 

Osmondan turip xavas qilardi Rameo Julieta. 
Bir biriga mos edi uzukga ko'z qo'ygancha. 
Ikki yosh xammadan baxtli edi bir biriga termulgancha. 
Bir biriga vafodor bo'laman der edi, qasam ichgancha... 

Aytishardi ko'plar baxt uzoq bo'lmaydi. 
Dunyo esa bir kam hech to'lmaydi 
Shu payt yigitni sovuq telefoni jiringlaydi. 
Qutqaruvchi edi uni yordamga chaqirishdi... 

Ketmang azizim bormang, qoling yonimda. 
Bormasam bo'lmaydi odamlar muxtoj yordamimga. 
Ketishdan oldin so'z bering meni hech tashlab ketmaslikga. 
Doim yoningda bo'laman yo'l qo'ymayman ayriliqga... 

Shu bo'ldi ularni xayrlashuvi. 
Kech bo'lsa xamki kelmadi qiz sevgani. 
Ertasiga keldi shum xabari. 
Xamdardman, kimnidur qutqaraman dep uzildi baxting joni. 
Qizni esa kelmasdi ishongisi. 
Yo'q yo'q va yo'q ishonmayman axir u menga so'z bergandi. 
Seni tashlap ketmayman ayriliqga yo'l qo'ymayman degandi. 
Ex bu taqdir insondi emas, bo'ladi ollox aytgani... 

Bu darddan yiqilip bazan xushudan ketardi. 
Ko'z yoshlari xam sho'r peshonasin, sho'rin yuvolmasdi. 
Goxo joniga qasd qilishni xam o'ylardi. 
Lek ota onasin o'ylap majburan nafas olardi... 

Naxotki xamma sevgi tarixi ayriliq bilan tugaydi. 
Nega baxtlilar sevgi afsonasi bo'lolmaydi. 
Bizni sevgimiz boshqacha edi u shunday tugolmaydi. 
Xammani sig'dirgan dunyo, nega seni sig'rolmaydi... 

Xamma dardga vaqt davo diydilaru. 
Lekin sensiz o'tgan vaqt meni battar azoblaydi. 
Bu qanday dardki vaqt xam malxam bo'lolmaydi. 
Aksincha qayta qayta dardim chuqurlap yiringlaydi... 

Sensiz dunyodan kechish gunox. 
Sensiz dunyoda qolmoq esa azob. 
Qay birini tanlay azob yoki gunox. 
Olloxim o'zing sabr ber, ber panox... 

Sen menga bergan vadangni ustidan chiqmasan. 
Men bergan vadamni ustidan chiqaman. 
Senga vafodor bo'lib endi yolg'iz o'taman. 
Yillar o'tib yoninga o'zim bir ajoyib kun boraman... 

Yegani osh demang yolg'iz ayolni. 
G'anim tovog'iga qo'lin uzatgan. 
Xayot degan og'ir karvondi. 
Yolg'iz o'zi sudrap borarkan... 

Boshidan nimalar o'tmadi. 
Yomonlar nima dep g'iybat qilmadi. 
Onasi yana uzataman desa. 
O'ksib yiglap qancha qarshi chiqardi. 
O'zini yolg'izlikga maxkum etgandi... 

Xarakat qilardi kuchli bo'lishga. 
Oqimga qarshi suzib o'tishga. 
Bazida kuch topolmasdi kuchli bo'lishga. 
Ishonardi jannatlarda uni yana ko'rishga 
Xatto bir yodgor qolmadi sendan yig'lasam ovunishga. 
Peshonasiga tullik bitta yigirma yoshida... 

Zilday zaxmatli, togday og'ir yillar o'tardi. 
Qiz o'limin kutsa o'lim xam undan yuz o'girardi. 
Yolg'izli xar qadamda xar nafasda sezilardi. 
Lekin xamon bergan vadasiga sodiq edi. 

O'lim xam mendan yuz o'girsa netay. 
Ayt ayriliqga yana qancha chiday. 
Diydoring qancha tilab qancha kutay. 
Chorla sevgilim. 
Jannatlaringa senga o'zim yor bo'lay. 

Yolg'izlikda umidsizlikda o'tdi saksan yil umr. 
Yuzga kirdi yashadi usiz bir asr. 
Lekin o'lmadi yuz yildaxam muxabbat barbir. 
Derdi ayriliqga oz qoldi yoningda bo'laman oxir. 

Yana bir o'zgacha tong, shivirlap yog'ardi yomg'ir. 
Negadur o'zini baxtli xis etdi tanasi bo'lsa xam og'ir. 
Naxot men kutgan kun keldi meni sevgilim chorlayotir. 
Sekin mayus ko'zlarini yumdi oxista bexavotir. 

Ko'zlarin yumdiyu bir tomchi yosh qoldi. 
Nixoyat ayrilikdan charchagan rux ozodlik oldi. 
Keng samolarda parvoz etib u tomon uchdi. 
Jannat bog'larida sevganing topdi. 

Keldim azizim uchib keldim. 
Bergan vadalarimga vafo aylap keldim. 
Kutdim azizam seni jannatlardan joy olip kutdim. 
Senga bergan vadamda turip doim yoningda turdim. 
Lekin sen meni hech ko'rmadin bilaman yolizlikda ko'p azob kechding. 

Qo'llarimdan ushlang maxkam ushlang azizim. 
Shunday maxkam ushlangki boshqa ayirolmasin hech kim. 
Qo'llaringni ber qo'lingni ber azizam. 
Jannatimda menga yor bo'ldingku sevgilim. 

Nixoyat sakson yillik ayriliqdan sarson ruxlar. 
Jannating mangu baxt osmonida abadiy birga orom topdilar. 
Endi ularga g'am qayg'u begona mangulikdagi baxtda. 
Ularni sevgi qissasi 
shunday davomiy afsona. 
Shu yerda nuqta qo'yildi saksan yillik ayriliq va manalogga... 

Go'zal edi qiz ajib nafis ko'ylakda. 
Yigit kelishgan edi tim qora kastumda.

  • Sevgi Bor Men Ishonaman... [Hayotiy hikoya]
  •    
Добавить комментарий
Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: