Описание фильма:
- Просмотров: 1107
- Комментариев: 0
- Оценить фильм:
- Дата: 15.03.2016, 18:59
- Категория: Севги хакида шер | Стихи про любовь
Смотреть и прочитать НАЖМИТЕ
Bugun tong tush ko'ribman
jonsiz yotardi tanam,
dunyolarga sig'masdan
kuyib yig'lardi onam.
Kuzatardim samodan
so'zimni aytolmasdim,
rosa xarakat qilib
tanamga qaytolmasdim.
Onam nolalariga
ruxim berolmas bardosh,
nega tushunolmasdim
o'lib ketdimmikin yosh.
Uyimizda dod faryod
Onamdan uzmasdim ko'z
bolam qayoqqa ketding
faqat azobli ko'p so'z.
O'lganimga ishondim
Onamni quchdim asta,
Ona bo'ldi kuyunmang
bo'lib qolasiz xasta.
CHo'chib uyg'onib ketdim
xali chiqmapti quyosh,
telga sms keldi
o'qib ko'zga oldim yosh.
Bolam tushimga kirding
meni asta quchoqlab
o'zizi asrang deding
yurak bag'rimni dog'lab,
Meni axvolim yaxshi
seni duo qilaman,
o'zingni asra bolam
seni yaxwi ko'raman.
Советуем посмотреть:
Добавить комментарий