• Просмотров: 2664
  • Комментариев: 0
  • Оценить фильм:
  • Дата: 22.03.2016, 01:18
  • Категория: Севги хакида шер | Стихи про любовь

Описание фильма:
Смотреть и прочитать НАЖМИТЕ

Payg'ambarimiz (s.a.v) sahobalariga aytdilar : 
-Uchta qizni yaxshi tarbiyalab,voyaga yetkazgan ota-onalarga jannat eshiklari ochiqdir. 
-Ikkita qizi borlargachi? 
- Ularga ham 
- Bittagina qizi borlargachi? 
-Ularga ham 
deb marhamat qildilar.. 

Munis,mehribon onajonlarimiz, go'zal,oqila opa-singillarimizni bugungi bayram bilan tabriklagan holda quyidagi hayotiy voqeani hikoya qilib bermoqchiman 

Bir tutingan akam bor. U bilan juda inoqmiz. 
Oilaviy bordi-keldimiz ham bor. 
O'zi tarbiyali,yaxshi yigit bo'lgani uchun unga oqila ayol nasib qilgandi. Mana endi akamning baxti butun bo'ldi. Qiz farzand ko'rdi! 

Qizaloqni uyga olib kelishgach,qulog'iga azon aytish uchun mullani olib kelishimni iltimos qildi akam. Mahallaning imom-xatibini boshlab keldim 
Mulla tog'a chaqaloq qizbola ekanligini bilib, qiz farzand davlatning boshi ekanligi, qiz o'stirgan inson jannati bo'lishligi, qizbolaning fazilatlari haqida tinimsiz gapira boshladilar 

Akamning onalari kulib, "Qiz tug'ilganidan hech kim xafa emas,o'zimiz qiz bo'lishini kutgandik ,qori pochcha" dedilar. 
Shu gapdan keyin mulla tog'am biroz yengil tortib, "Odatda ko'pchilik qiz tug'ilganidan noliydi-da. Shunga o'rganib qolganman" deb qo'ydilar 

Shu kunning ertasiga Qo'qonda ishim borligi uchun yo'lga otlandim. Farg'onadan chiqishim bilan qarasam bir kishi yo'l chetida chayqalib,qo'l ko'tarib turibdi. Hozir buni man olib ketmasam,birorta avtobusga chiqadi-da ko'pchilikka noqulay bo'ladi. 
To'xtashim bilan orqa o'rindiqqa chiqib,yastanib yotib oldi. Salonni aroq hidi tutib ketdi. 
-Qatga borasiz,aka? 
-Bag'dodga 

Mayli yo'lim ekan,tashlab o'tarman degan xayol bilan mashinani yurgizdim. 

Oltiariq krugidan o'tgach,bekatda bir ayol yosh bolalari bilan turganini ko'rdim. Bir qo'lida kichkinasini ko'targan,ikkinchi qo'li bilan o'rtanchasining qo'lidan tutgan ayolning yonida eng katta qizi o'zidey keladigan sumkani ko'targancha avtobus kutib turishardi. 

Orqada birbalolarni go'ldirab kelayotgan akamizga: 
"Aka,oldiga o'tvoling"- deb mashinadan tushdim-da ularning yoniga bordim. 

-Opa,yosh bollar bilan qiynalib qopsiz-u,o'tiringlar tashlab qo'yaman 
-Yo'q,ukam,biz avtobusda ketamiz. Taksiga..-deb ayol birdan to'xtab qoldi-yu past ovozda qo'shib qo'ydi-..pulimiz yetmaydi 
-Man taksistmasman,opa. Avtobus narxida berovrasiz. Bermasayizam roziman.. 

Qizaloqlar ko'zlari chaqnab,ayasiga umid bilan qarashdi. Ayol esa ikkilanardi. Qizchaning qo'lidagi og'ir sumkasini olib,boshqa gapga hojat qoldirmaydigan ohangda 
"O'tiringlar!" dedim. Norozi qiyofada orqadan tushib kelgan haligi kishi bularni ko'rib ko'zini katta ochib biroz qarab turdi-yu, 
"Haa xonim,siz hali moshinada yuradigan bo'b qoldizmi? Avtobusda borib kelaman degandingku,onangni (tuuuut).. 
Taksiga pulni qattan olding.. (tuuuuuut)? Yo manovi (tuuuut) bola seni (tuuuuuut)ingmi?! Eeee.. (tuuut tuuuuut tuuuuut) 
Birdaniga tutoqib so'kinib ketgan kishini nima deyotganini tushunmay opaga qarasam rangi oqarib,titrab turibdi. Qizchalar ham qo'rqib ketib,onalariga mahkam yopishib olishgan. Tushunishim bo'yicha bu kishi shu ayolni eri,qizchalarning dadasi. 

Ayolini urish uchun xezlangan kishini to'xtatish uchun qo'lidan ushladim. Qarasam o'zimni tushirib qolmoqchi. Bir amallab akani tinchlantirib,ayolini umuman tanimasligimni tushuntirib,hammasini mashinaga o'tqizdim. 
Yonimda o'tirib olib haligi kishi hali ham jahl bilan xotinini so'kardi. 
-Ee uka,bu xotingachi mashinada ketish hayf! Bu yaramas uyimni qizga to'ldirdi. El-yurtni oldida yuzimni yerga qaratdi. Bosh ko'tarib yurolmey qoldim manavinisiniyam qiz tuqqandan keyin. 
-Ha endi,aka,bu opamizga bog'liqmasu. Xudoni bergani-da.. Qolaversa farzandni qiz yo o'g'il bo'lishi erkak kishiga bog'liq deyishadi-ku. Yerga arpa ekib,bug'doy o'sishini kutmang-da,aka )) 

Tilim qursin dermidi bir kinoda? Shu bemavrid hazil-u,zaharli gaplarimni dastidan doim boshimga balo orttirib yuraman. 

Hoziram shunaqa bo'ldi. Akamizni endigina ketgan jahl lashkari yana yangi kuch bilan qaytdi 
-Nimaaa?! Nima deding o'v bola? 
-Iyee,shoshmang aka. Hozir shu magazinga kirib chiqey. 
Do'konga kirdimu ikkita non,ozgina mayda-chuyda,yana "anavindan" ham olib qaytib chiqdim. 

-Aka,uzr boyagi gaplar uchun. Hozir sizlarnikiga kirib,bir o'tirsak aybimdan o'tarsiz? 
-Ha mayli,uka. Uyimizga yaqin qoldi o'zi- dedi akaginam qo'limdagi narsalarni ichida ko'rinib turgan "bo'yni uzun" ga qarab bir yutinib olarkan. 
Xullas uyigacha bordik. Ichkariga kirarkanman kichkinagina,uncha hashamli bo'lmasa ham hammayog'i ozoda,gullar ekilgan,shinamgina hovlini ko'rib ichimda ayolni uy tutishiga tan berdim 

Mehmonxonaga kirib o'tirganimizdan keyin,boyagi besh-olti yoshlardagi qizaloqni chaqqonlik bilan dasturxon tuzashini ko'rib,ochig'i ko'zim quvnab ketdi. 3 yoshlardagi singilchasi o'zicha opasiga yordamlashmoqchi bo'layotgani ham zavqlantirdi. 

Ular oyisi eshik oldiga olib kelgan narsalarni tezgina dasturga tuzab,o'zlari chiqib ketishdi. 
-Aka,uchta qiziz borakan. Xudo xoxlasa sizgayam,opamizgayam jannatni eshiklarini ochib beradigan kalitlar tayyor ekan-da.(Xullas qiz bolani afzalliklari,ota-onaga mehribon bo'lishi va hokazolarni o'zim bilganimcha rivoyat-u misollar bilan tushuntirib,naqd yarim soat "sayradim". Gapim oxirida yana akamizga yuzlandim) Nimaga sizga shundey shirin qizaloqlarni dunyoga keltirib bergan ayolizni yomonlayapsiz. Xudoni qahridan qo'rqmaysizmi,aka. Bu qizlarni qarang aqlli,odobli,chaqqonligini. O'zimizam erkakmiz lekin tan olishimiz kerak o'nta o'g'il farzandni mehri bitta qiz farzandnikiga teng kelolmaydi 
Xudo sizga bergan in'omni yerga uryapsiz. Buni uvoli yomon bo'ladi aka 

-Ee ukam,sen meni shularni bilmaydi deb o'ylayapsanmi? Qizlarini yomon ko'radi deb o'ylayapsanmi? Hech kimga sezdirmaganim bilan aslida men xotinimniyam,qizlarimniyam jonimdan ortiq ko'raman. Xotinim bilan sevishib turmush qurganmiz. Haliyam sevaman.Shu vaqtgacha undan boshqa ayolga qiyo boqqanim yo'q. 
Lekin og'aynilarimni "qachon senam bizga osh berasan,qachon to'y qilasan" deyishlari, oyimni "bu dunyodan bir izsiz o'tib ketyapsan. Orqangda oilamizni nomini davom ettirib qoladigan avloding qolmayapti. Qiz bola birovni xasmi" degan gaplari meni qiynayapti. Alamimni ichkilikdan olaverib oxiri bu zormandaga o'rganib qoldim. Ishimning tayini yo'q,ro'zg'orimdan baraka ketdi. Bosh ko'tarib yurolmay qoldim. Ayb xotinimdamas o'zimda ekanligini bilganim uchun ham ruhan ezilib ketaman. 
Erkak kishi yig'lasa yomon deyishardi. Juda yomon ekan. Ko'zda yosh bilan ezilib gapirayotgan akaga achinib ketdim. Nima qilsam bu oilaga yordam bera olarkinman deb o'yladim. Oxiri bir chorasini topdim 

Tanish shifokorimga telefon qildim. Bu masalada qaysi shifokorga uchrash kerakligini tushuntirdi. Akani o'sha joyga olib boradigan bo'ldim 

-Eshitishimcha ichkilik ko'p ichadigan kishida o'g'il ko'rish ehtimoli kamayarkan,aka 
Ichkilikni tashlay olasizmi? 
-Ha qo'limdan keladi,uka 
-Xudodan chin dildan o'g'il so'rasangiz albatta niyatizga yetasiz. Buniychun namoz o'qishingiz kerak buniyam eplolasizmi? 
-Albatta. Oldin o'qirdim. Yangi uylanganimda xotinim bilan birga o'qirdik. U haliyam o'qiydi lekin men tashavordimda.. 
- Ertaga juma. Boshlaysizmi ertadan? Bugun men shu yerda qolaman. Saharlab bomdodni birga o'qiymiz-u vrachga boramiz. Juma namozini shahardagi katta masjidda o'qiymiz Xudo xoxlasa. Shunga nima deysiz,aka? 
-Yaxshi bo'lardi,uka. Rahmat sizga. "Anavini" nima qilamiz. Siz ichmaysizmi? 
-Yo'q,man ichmiman! 
-Unda yaxshi 
Akam aroqni ko'tarib tashqariga chiqib ketdi. Ayasiii deb xotinini chaqirdi. 
Nima qilarkin deb eshik yoniga borib qaradim. Oshxonadan yugurib chiqib,eri qo'lidagi aroqni yerga urib sindirganiga hayratdan qotib turgan ayoliga qarab: 
"Ayajonisi,bitta osh damlang" deb ortiga qaytdi.
Shu kuni kechgacha aka bilan gaplashib o'tirdik. Shaharda o'qib yurganida tanishib,bir-birini sevib qolgan va ko'pgina to'siqlarga qaramay muhabbati uchun kurashib ayolini Oltiariqdan Bag'dodga kelin qilib olib kelgan mard yigit ekan. Tuzukkina ishda ishlar,lekin keyingi vaqtlarda ko'p ichayotgani uchun ishxonada obrusi kamayib qolayotgan ekan. 
Gulday oilani shayton suvi va shaytonnusxa odamlarning mayda-chuyda gap so'zlari ado qilay debdi. 

Ertasiga birga namozni o'qib,shaharga bordik. Akamni vrachni oldiga kirgizib yuborib,o'zim ishlarimni bitirib keldim. Kelib qarasam akam qo'lida qandaydir taqvim (kalendar)ni o'qib o'tiribdi. Nimaligini so'rab o'tirmadim. Juma namoziga kirganimizda imom domladan akamizning haqiga xalqdan duo so'rab berishini iltimos qildim. Minglab jamoat bilan birga duo qildik. Qilayotgan ishlarimdan ko'nglim tog'day ko'tarilib ketayotgandi. Farg'onaga qaytishda akani uyida qoldirib ketayotib unga telefon raqamimni berib,yangilik bo'lsa albatta xabar qilishini tayinladim. 

Bu voqealarga mana bir yildan oshdi. Afsuski akam bilan hali bog'lanolmadim. Unga bergan raqamimni ishlatmayapman. Mandayam u kishini raqami yo'q ekan. Qaytganimda albatta o'zim uchun qadrdon bo'lib qolgan oiladan xabar olishni ko'nglimga tugib qo'yganman.

  • O'G'LIM YO'Q DEB O'KINGANLAR ADASHGAY
  •    
Добавить комментарий
Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: